Joriy yilning 23 dekabr` kuni ”O'zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Ayub SHahobiddinov tomonidan suratga olingan "Rangsiz tushlar" badiiy fil`mining katta prem`erasi bo'lib o'tadi.

Fil`mda 17 yillik mahkumlikdan keyin ozodlikka chiqqan ayol – Kashmiraning qiyinchilik va sinovlarga to'la hayoti haqida hikoya qilinadi. Fil`mda rollarni Feruza Saidova, Karim Mirhodiev, SHohida Ismoilova, Bekzod Abdumuhitov va Asal Abdullaevalar ijro etishgan.

Fil`m stsenariy muallifi Umid Hamdamov, postanovkachi operator Azizbek Arziqulov, rassom SHamshod Ibrohimov, kompozitor Ubaydullo Karimov.

Ma'lumot uchun, “Rangsiz tushlar” fil`mi Italiya Respublikasining Rim shahrida o'tkaziladigan  XXI "Asiatica film festival" hamda Bangladesh poytaxti Dakka shaxrida bo'lib o'tadigan "Cinemaking film festival" kabi xalqaro kinofestivallar dasturidan o'rin olgan.

O'zbekkino Milliy agentligi Axborot xizmati