Taniqli mutaxassis Raʼno Joʻrayeva Uzbekistan Airports kompaniyasiga rahbar etib tayinlandi.
Qayd etilishicha, biroz muqaddam Bosh vazir Abdulla Aripov Uzbekistan Airports rahabarini tanishtirgan. Rossiyadagi uzoq yillik faoliyatidan keyin Oʻzbekistonga qaytgan Raʼno Joʻrayeva ushbu lavozimni egallagan.
Eslatib oʻtamiz, asli toshkentlik Raʼno Joʻrayeva bunga qadar Rossiyaning eng yirik aviatsion va kosmik xoldingi rahbari edi.