Raʼno Shodiyeva SHHT davlatlari kinofestivalida “Eng yaxshi aktrisa” deb topildi

    Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligida «Meni kutgin« nomli yangi xalqaro kinoloyiha ilk bor suratga olinishi rejalashtirilmoqda.

    Quvonarlisi, mazkur festivalda oʻzbek rejissyori Ayub Shahobiddinovning «Bahorni quvib« filmi «Eng yaxshi aktrisa« nominatsiyasida gʻolib deb topildi. Filmda bosh rolni taniqli aktrisa Raʼno Shodiyeva ijro etgan.

    Shuningdek, kinofestival doirasida SHHTga aʼzo davlatlarning kino sohasidagi hamkorligi masalalariga bagʻishlangan maxsus forum ham tashkil etildi.

    Unda tashkilotga aʼzo mamlakatlar kino sohasi rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. Kino sohasidagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, birgalikda yangi ko-produksiya loyihalarini ishlab chiqish va bu hamkorlikni tizimli ravishda tashkil etish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

    Forumda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev anjuman ishtirokchilariga Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligida ilk bor suratga olinishi rejalashtirilayotgan «Meni kutgin« nomli yangi xalqaro kinoloyiha haqida ham maʼlumot taqdim etildi.

    Tadbir yakunida Oʻzbekiston tomoni qoʻshma kinoloyihalarni yaratish va kelgusida SHHT makonida keng qamrovli hamkorlikni amalga oshirishga tayyorligini taʼkidladi.

    Bugun ushbu nufuzli festivalda sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.