Bugunga qadar poytaxtimizda 250 mingga yaqin isteʼmolchilar xonadonida zamonaviy hisoblagichlar bepul oʻrnatib boʻlindi. Ushbu hisoblagichlarni oʻrnatishdan asosiy maqsad esa aniq hisob-kitobni yuritishdan iboratdir.

Bundan tashqari, tegishli hujjatlarga asosan, gaz taʼminotida Toshkent shahrini 197 ta yirik hududga ajratish va zamonaviy hisob-kitob tizimini joriy etish belgilab qoʻyilgan. Bu borada “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali Yangihayot hamda Sergeli tumanlaridagi gaz taqsimlash qurilmalari estetik jihatdan tartibga keltirilib, gaz yetkazib berishda yirik hududga ajratilishi boʻyicha demontaj ishlar olib borilmoqda.

Hozirga qadar Yangihayot tumanida yuqori hamda oʻrta bosimli gaz quvurlarini qamrab oluvchi qismiga 17 ta zamonaviy gaz hisoblagich belgilangan tartibda oʻrnatildi. Sergeli tumanida esa rejadagi 40 ta hisoblagich oʻrnatildi.

Bu ishlar taʼminotdagi nomutanosiblikning oldini olishda xizmat qiladi.