“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining topshirigʻi bilan Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga texnik hamda amaliy koʻmak koʻrsatish maqsadida markaziy apparat xodimlaridan iborat “Ishchi guruh”i tuzildi.
Xususan, boshqarmaning ishchi-xodimlariga qulay ish sharoitlar yaratib berish maqsadida, ularga 60 dona monoblok, 16 dona personal kompyuterlar texnikalari, printer qurilmalari ajratilib, oʻrnatib berildi.
Shuningdek, “Propan-Butan” omborxonasi operatorlar xonasidan tarozixonagacha boʻlgan oraliqda shisha tolali aloqa kabel oʻtkazilib, operatorlar xonasidagi boshqaruv kompyuteri bilan tarozi oʻzaro bogʻlanib, maʼlumotlar tarozidan avtomatik tarzda 1S dasturiga chiqarilishi taʼminlandi.
Ichki lokal tarmoqni toʻliq tashkil etish, har bir xodim oʻziga yuklatilgan vazifani tezkorlik bilan bajarishi uchun 3000 metr UTP aloqa kabeli montaj qilinib, boshqarmaning “Uchqir” majmuasi va uning obyektlari toʻliq internet bilan taʼminlandi.
Boshqaruv rasining “Barcha konlarni sifatli mobil aloqa bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi topshirigʻi ijrosini bajarish maqsadida, “Oʻzbektelekom” AK bilan shartnoma imzolanib, “Oʻzbektelekom” AK Buxoro filiali xodimlari koʻmagida “Qumli” koniga 68 kilometr va “Qulbeshkak” koniga 32 kilometr shisha tolali aloqa kabeli tortildi.
“Qulbeshkak” va “Qumli” konlariga 48 metrlik 2 dona aloqa machtalari va “Uzmobile” baza stansiyalari oʻrnatilib, ishga tushirildi. Natijada “Qulbeshkak” atrofidagi konlar (“Savatli”, “Doyaxotin”, “Shoʻrtak”, “Hojikazgan” va “Haqqul”) va “Qumli” atrofidagi (“Tayloq”, “Chegaraqum” va “Qoʻshimcha”) konlar sifatli mobil aloqa bilan taʼminlandi.
Shuningdek, boshqarma xodimlariga ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidagi (me.ijro.uz) hisob qaydnomalari hamda Jamiyat korporativ pochtasidagi (mail.ung.uz) elektron pochtalari roʻyxatdan oʻtkazilib, har bir masʼul xodimning kompyuter texnikalariga sozlab berildi.