Farmon bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center – “ENTERPRISE UZBEKISTAN”) tashkil etildi.

2024-yil 1-iyundan 5-yilgacha boʻlgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qoʻllaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.

Shuningdek, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi:

- raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish;
- bojxona va soliqqa tortish;
- mehnat munosabatlari;
- moliya va bank faoliyati;
- shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;
- davlat xizmatlarini koʻrsatish;
- intellektual mulkni himoya qilish;
- tijorat va fuqarolik nizolarini koʻrib chiqish.

Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.