Ma'lumki, sentyabr oyida FIFA kunlari belgilangan. O'sha kunlarda milliy va olimpiya jamoalarimiz Janubiy Koreyada o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazishni rejalashtirgan.

O'FA matbuot xizmati xabarida aytilishicha, yig'in davomida Srechko Katanets shogirdlari ikkita kuchli jamoa – 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan – Kamerun va Kosta-Rika bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi. Bahslar 23 va 27 sentyabr` kunlari bo'lib o'tadi.

O'zbekiston olimpiya jamoasi esa, janubiy koreyalik tengdoshlariga qarshi  maydonga tushadi.  23 va 26 sentyabr` kunlariga mo'ljallangan o'yinlarga  Hvason shahri mezbonlik qiladi.