Keyingi yilning 1-18-mart kunlari yurtimizda futbol boʻyicha U-20 Osiyo Kubogi bahslari boʻlib oʻtadi.

Bugun ushbu turnirga qurʼa tashlandi.

Mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi Indoneziya, Iroq va Suriya bilan bir guruhdan oʻrin oldi. Ochilish oʻyinida terma jamoamiz Suriyaga qarshi bahs yuritadi.

Guruhlar quyidagicha koʻrinish oldi:

A guruhi
Oʻzbekiston
Indoneziya
Iroq
Suriya

V guruhi
Qatar
Avstraliya
Vyetnam
Eron

S guruhi
Janubiy Koreya
Tojikiston
Iordaniya
Ummon

D guruhi
Saudiya Arabistoni
Yaponiya
Xitoy
Qirgʻiziston

Bu chempionatning ahamiyatli tomoni shundaki, unda jahon chempionati ishtirokchilari ham aniqlanadi.