Raqobat qoʻmitasi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBni jarimaga tortdi

    Toshkent shahrida joylashgan reklama monitorlarida, shuningdek, internet platformasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan taqdim etilgan kreditlar haqidagi maʼlumotlarda qarz shartlari toʻliq va aniq koʻrsatilmagan.

    Bu haqda Raqobat qoʻmitasi maʼlum qildi.

    Aniqlanishicha, “Biznesga 1,5 milliard, yillik 17,5 foiz” va “Ot 17 protsent godovыx, ipoteka na kvartiru v novostroyke” kabi mazmunidagi reklamalarda kreditning muhim shartlari, shu jumladan, foiz stavkalarining aniq sharti, toʻlov muddati va boshqa talablar qayd etilmagan.

    Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlarining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilindi.

    Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.