Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, muammolarni manzilli hal etish choralarini koʻrish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan ushbu holatlar boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli isteʼmolchilar, sizda ham yuqoridagi kabi temir yoʻl kassalaridan bilet sotib olingan vaqtda sovitish tizimi (konditsioner) xizmatlari uchun toʻlov amalga oshirilishiga qaramasdan yoʻlovchi poyezdlarida harakatlangan vaqtingizda sovitish tizimi (konditsioner) ishlamaganligidan norozi boʻlsangiz, Raqobat qoʻmitasi yoki "Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi" AJga (poyezdlarda harakatlangan vaqtingizda sovitish tizimi (konditsioner) ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va video materiallari bilan murojaat qilishingiz mumkin, — deyiladi xabarda.