Holat boʻyicha Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi oʻrganish ishlarini olib bormoqda.
Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda oʻz vakolatlari doirasida tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qoʻyilishi va sotilishi yuzasidan tegishli oʻrganishlarni olib bormoqda.
Oʻrganish yakunlari yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun, Raqobat qoʻmitasi oʻz funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni taʼminlash maqsadida tegishli choralar koʻrish yuzasidan masʼul regulyatorga (15.07.2024-yil) xabar yuborilgan, — deyiladi xabarda.