Shuningdek, minimal narx belgilab, isteʼmolchiga boshqa tanlov qoldirmaslik orqali uning erkin tanlash huquqi cheklanayotgani alomatlari qayd etilmoqda.

Qoʻmita taʼkidlashicha, Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, isteʼmolchi tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning sifatli boʻlishini talab qilish huquqiga ega. Shuningdek, mazkur Qonunning 21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) isteʼmolchini haq evaziga qoʻshimcha tovarlar sotib olishga yoki qoʻshimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga haqli emas.

Shu munosabat bilan umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagilar eslatildi:

  • isteʼmolchini “set” koʻrinishidagi toʻplamni xarid qilishga majburlamaslik;
  • toʻplamdan voz kechgan mijozning taomnomadagi boshqa taomlarni tanlash huquqini cheklamaslik;
  • isteʼmolchilar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan (jumladan, allergiya chaqiruvchi komponentlar mavjud) mahsulotlarni majburiy tarzda toʻplam tarkibiga kiritmaslik.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasida davlat isteʼmolchilar huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlashi belgilangani qayd etildi.

Maʼlum qilinishicha, qonun talablari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda taʼsir choralari koʻriladi.