Raqobat qo‘mitasiga 2026 yilning birinchi yarim yilligi davomida jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillaridan jami 23 ming 200 ga yaqin yozma, elektron va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 1 254 tasi yozma, 6 299 tasi elektron, 15 615 ta og‘zaki ya’ni shaxsiy qabul, sayyor qabul, mas’ul xodimlar qabuli va ishonch telefon orqali tushgan murojaatlarni tashkil etadi.
- Murojaatlar kelib tushish manbalari tahlil qilinganda:
6 ta – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan;
592 ta – boshqa tashkilotlar orqali tegishliligi bo‘yicha;
656 ta bevosita jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillaridan;
310 ta Qo‘mitaning info@antimon.gov.uz elektron manzili orqali;
6 690 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali;
27 ta O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonalari orqali;
342 ta qo‘mitaning www.raqobat.gov.uz sayti orqali;
14 345 ta qo‘mitaning 1159 qisqa raqami orqali;
76 ta qo‘mita rahbariyatining shaxsiy qabullari hamda sayyor qabullari orqali;
124 ta mas’ul xodimlarning qabullari orqali murojaatlar kelib tushgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, murojaatlarning asosiy qismi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, reklama sohasidagi munosabatlar, savdo va xizmat ko‘rsatish, kommunal xizmatlar, aloqa, transport hamda qurilish xizmatlari bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 10 mln 459 ming 182 nafar fuqaroning manfaati himoya qilinib, ular foydasiga qariyb 59 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.