Ayni vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar doirasida shu yilning 16-17-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi WYNDHAM TASHKENT mehmonxonasida “Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda taʼlim va mehnat bozori hamkorligi” mavzusida tashkil etildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti hamkorligidagi tadbirda Yevropa ittifoqi, YUNISEF, Britaniya kengashining, Jahon Banki va Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Shveysariya loyihasi elchixonasi, Germaniya xalqaro hamkorliklar jamiyati, Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi, Germaniya xalq universitetlari assotsiatsiyasi filiali hamda ERASMUS+ milliy ofisi vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Behzod Musayev ochib berdi hamda mamlakatimizda xalqaro va mahalliy mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, uzluksiz taʼlim sifati va samaradorligini oshirish borasida bajarilayotgan ishlar haqida soʻzladi.

Seminarning birinchi kuni xorijiy ekspertlarning Milliy malakalar ramkasini joriy etishda xalqaro tajribalar toʻgʻrisidagi taqdimotiga bagʻishlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, mahalliy mutaxassislar tomonidan ham mehnat bozori talablari asosida kadrlar tayyorlash tizimi: xalqaro tajriba va tanlangan yoʻl, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlashda kasb standartlari va oʻquv-meʼyoriy hujjatlarning oʻrni mavzularida taqdimot qilish koʻzda tutilgan.