Rossiya va Eron Eronda Rasht-Astara temir yo'li qurilishini yakunlash bo'yicha kelishuvga erishdi.
Hujjat Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ishtirokida videoaloqa orqali imzolandi.
Rasht-Astara temir yo'l uchastkasini birgalikda qurish bo'yicha kelishuvning imzolanishi butun dunyo transport infratuzilmasi uchun katta voqeadir, dedi Putin. U Eron Prezidentiga loyihani amalga oshirishdagi shaxsan ishtiroki va qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Eron Prezidenti kelishuvni Tehron va Moskva hamkorligidagi katta va muhim qadam deb atadi. Uning qayd etishicha, mazkur yo'lak mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlariga xizmat qiladi.
Hujjatga ko'ra, Rossiya va Eron temir yo'l loyihasi va qurilishini, shuningdek, tovarlar yetkazib berish va xizmatlarni birgalikda moliyalashtiradi, deb xabar beradi
Rasht-Astara uchastkasining uzunligi 170 kilometrni tashkil etadi. U “Shimol-Janub” xalqaro transport yo'lagining quruqlikdagi uchastkalarini bog'laydi. Qurilishning taxminiy qiymati 1,6 milliard dollarga baholanmoqda. Uning qurilishi to'rt yil davom etishi kutilmoqda.
“Shimol-Janub” xalqaro transport yo'lagini yaratish Rossiya va Kaspiy mintaqasi mamlakatlari o'rtasidagi strategik sheriklikni amalga oshirish, shuningdek, Shimoliy va G'arbiy Yevropaning Kavkaz, Fors ko'rfazi va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan tranzit aloqalarni amalga oshirish maqsadida boshlangan, deb xabar beradi mir24.tv.