Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
“Yagona milliy mehnat tizimi”dan olingan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda rasman ishlayotgan talabalar soni 114 239 nafarni tashkil etmoqda.
— Davlat tashkilotlarida – 61 977 nafar (54,3%);
— Xususiy subyektlarda – 48 371 nafar (42,3%);
— Ikkala sektorda – 3 891 nafar (3,4%).
Jins boʻyicha:
— Erkak — 67 142 nafar (58,8%);
— Ayol — 47 097 nafar (41,2).
Hududlar kesimida TOP-5:
— Toshkent shahri — 35 939 nafar (31,5%);
— Samarqand viloyati — 9 914 nafar (8,7%);
— Fargʻona viloyati — 9 697 nafar (8,5%);
— Toshkent viloyati — 8 907nafar (7,8%);
— Qashqadaryo viloyati — 8 269 nafar (7,2%).