Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmang! — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

    Qoʻshni davlatlardagi talabalarning barchasi hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishi mumkinligi haqidagi xabarlar rad etildi.

    Ijtimoiy tarmoqlardagi aksariyat ommabop guruhlarda qoʻshni davlatlardagi talabalarning barchasi hech qanday imtihonlarsiz oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishi mumkinligi toʻgʻrisida asossiz xabarlar tarqalmoqda.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu xabar mutlaqo haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qilib, yurtdoshlarimizdan rasman tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ishonmasliklarini soʻrab qoladi.