Mazkur stansiya davlat-xususiy sherikligi asosida Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Future Energy Company – Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining Karmana tumanida qurilyapti.
Hozirgi kunda yer maydonida boshlangʻich ishlar amalga oshirilyapti. Ushbu jarayonda, mutaxassislar uchun lagerlar qurish, texnik suv va elektr energiyasi hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlash ishlari olib borilyapti. Lagerlar poydevorlari qurib bitkazilgan. Hozirda, yer maydonini tekislash va toʻsiqlar bilan oʻrab chiqish ishlari yakunlangan boʻlib, elektr stansiyasi 2021-yilning toʻrtinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 110 million dollarga baholangan va investor (“Masdar” kompaniyasi) tomonidan 100 foiz toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtiriladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.