“Real” jamoasi bosh murabbiyi Anchelotti Chempionlar ligasi rekordini o'rnatdi

    “Real”ning italiyalik murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa chempionlar ligasidagi g'alabalar bo'yicha mutlaq rekordchiga aylandi.

    64 yoshli mutaxassis yubiley uchrashuvida afsonaviy Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi: Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida qirollik klubi Portugaliyaning “Braga” jamoasini mag'lub etdi (3:0), Anchelotti esa turnirda 116-o'yinda g'alaba qozondi.

    Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga muddatidan avval yo'l oldi, deb xabar beradi tengrisport.kz.