“Real” va “Atalanta” oʻrtasida Bergamoda oʻtgan birinchi oʻyinda ispan klubi 1:0 hisobida gʻolib chiqqan edi. Ikkinchi oʻyinda ular oʻz maydonlarida 3:1 hisobida gʻalaba erishdi. Benzema, Ramos va Asensioning gollariga Muriel bir bor javob qaytardi.
“Manchester Siti” Myonxenladbaxning “Borussiya” klubini 2:0 hisobida yengdi. Gollarni De Bryuyne va Gundoʻgʻan kiritdi. Angliyaliklar birinchi oʻyinda ham shunday hisob bilan muvaffaqiyatga erishgandi.