Londonda turnirning amaldagi gʻolibi “Chelsi” Ispaniya qirollik klubi “Real”ga qarshi maydonga tushdi. Oʻyin mehmonlarning toʻla ustunligida oʻtdi va  Karim Benzemaning het-trigi evaziga gʻalaba qozondi – 1:3. Mezbonlarning yagona golini Kay Haverts kiritdi.

“Bugungi oqshom sehrli boʻldi. Hammasi yaxshi oʻtdi va biz birinchi daqiqalardanoq ajoyib oʻynadik. Het-trik juda muhim, ayniqsa,  uchinchi goldan mamnunman...”,  dedi Benzema  Marca nashri muxbiri bilan suhbatda.

YECHL favoritlaridan biri deb hisoblangan “Bavariya” kutilmaganda Ispaniyada “Vilyarreal”ga yutqazib qoʻydi 1:0. Gol muallifi Danjuma.  
Javob oʻyinlari 12-aprel kuni boʻlib oʻtadi.