Red Wings Yekaterinburg va Chelyabinskdan Oʻzbekistonning asosiy shaharlariga Rossiyaning SSJ 100 rusumli samolyotlarida parvozlarni boshlashni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganib chiqyapti, deb xabar beradi Minpromtorg rahbari Denis Manturov.

Vazirlik matbuot xizmati uning quyidagi soʻzlarini tarqatgan: “Red Wings Yekaterinburg va Chelyabinskdan Oʻzbekistonning asosiy shaharlariga, jumladan poytaxtiga ham parvozlarni boshlashni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganib chiqyapti. Aviakompaniya rahbariyati “Innoprom” koʻrgazmasida Oʻzbekiston aviatsiya sohasi rahbariyati bilan bu haqda tegishli muzokaralar olib borgan”, — deb taʼkidlagan vazir. —“Biz respublikaning ikki tomonlama aviaqatnovini rivojlantirishdan manfaatini koʻryapmiz. Mazkur reyslarda aviakompaniyaga tegishli SSJ 100 samolyotlari samarali ishtirok etishi mumkin”, — deb qoʻshimcha qilgan u.

Vazirning soʻzlariga koʻra, bunday reyslarning ochilish muddati aviaqatnovlarning tiklanishiga va Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligining aniq marshrutlarga ruxsat berishiga bogʻliq.

Hozir Red Wings flotida 4ta SSJ 100 samolyoti mavjud boʻlib, yana uchta laynerning texnik qabuli nihoyasiga yetish arafasida. Ular aprel oyining oxirida uchishni boshlaydi, dedi Manturov.

“INOPROM”. Oʻzbekistonda katta sanoat haftaligi” Xalqaro koʻrgazmasi Toshkentda oʻtgan haftada boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi TASS.