O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O'zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi, San'atshunoclik instituti bilan hamkorlikda, atoqli rejissyor, ustoz san'atkor Olimjon Salimov ijodiga bag'ishlangan “Rejissyor Olimjon Salimov” nomli kitob nashrdan chiqdi.
Kitobga, O'zbekiston xalq artisti, ustoz rejissyor Bahodir Yo'ldoshev so'z boshini yozgan, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.
O'ylaymizki, mazkur kitob qahramonining ibratli ijod yo'li teatr san'atiga kirib kelayotgan ko'plab iste'dodli yoshlarning bo'lg'usi faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yishlarida muhim omil bo'ladi.