баннер
13 Apr 2025
01:36

    Reklama qonunchiligini buzgan banklar va mikromoliya tashkilotlari jarimaga tortildi

    Ularning ichida “Tenge bank” ATB, “Agrobank” ATB va “Ipoteka xizmati group” MChJ ham bor.

    Raqobat qoʻmitasi oʻz vakolati doirasida ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, bosma nashrlar, internet va ijtimoiy tarmoqlar) joylashtirilayotgan reklama axborotlarining reklama hamda isteʼmolchilarning huquqlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan oʻrganish va tahlil ishlari olib bormoqda.

    Jumladan, oʻtkazilgan monitoringlar davomida “Reklama toʻgʻrisida“gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan

    • “Tenge bank” ATB;
    • “Agrobank” ATB;
    • “Ipoteka xizmati group” MChJ;
    • “Tasfinanse mikromoliya tashkiloti” MChJ XKga nisbatan Koʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan ishlar qoʻzgʻatildi.

    Qoʻzgʻatilgan ishlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilgandan soʻng yakunlari yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech