Qayd etilishicha, “Moʻjiza honeymoon” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot reklamasida bemorlar shifo topayotganligi koʻrsatilganligi dori vositalari hisoblanib, davolash xossalariga ega degan taassurotni uygʻotib, ularni qoʻllash natijasida odamlar davolanganligiga, ularni ahvoli yaxshilanganligiga doir muayyan hollarga havolalarni oʻz ichiga olganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Moʻjiza honeymoon” MCHJga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, moliyaviy jarima qoʻllash xaqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.