Rekord yangilandi: poytaxtda Spark avtomashinasi haydovchisi 363 ta yoʻl harakati qoidalarini buzgan

    Dolzarb 10 Sentabr 2024 532

    Jarima summasi ham 240 mln soʻmdan oshganligi maʼlum boʻldi.

    Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman boʻlimi ish yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan qarzdor A.K.ga nisbatan 363 ijro hujjati mavjud boʻlib, qarzdordan 240 mln. 872 ming 750 soʻm miqdorida jarima summalari undirilishi belgilangan.

    Qarzdor katta miqdordagi jarimalar borligini bilsa ham jarimalarni toʻlashdan bosh tortib yurgan. Byuroning tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida boʻlgan “Spark” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv eʼlon qilingan.

    Majburiy ijro harakatlari davomida avtotransport vositasi qarzdor tomonidan Sergeli tumanida “Toshkent Indeks” bozoriga sotish uchun olib chiqilganligi aniqlangan va shu yerda xolislar ishtirokida xatlangan.

    Hozirda davlat ijrochisi tomonidan “Spark” 363 ta jarimalardan 240,8 mln. soʻmlik qarzdorlikni qoplash uchun auksion savdolariga chiqarish choralari koʻrilmoqda.