Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad Prezident murojaatnomasida oliy taʼlim tizimi oldiga qoʻyilgan vazifalar ijrosini taʼminlashda ilgʻor tajribalarni oʻrganish, yurtimizning yetakchi innovatsiya markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishdan iborat.
Delegatsiyaga oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov boshchilik qilmoqda.
Dastlab mehmonlar Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyati bilan tanishdilar. Xususan, rektorlar universitetdagi tayyorlov kurslari, oʻquv jarayonlarining olib borilishi, talabalar bilimning baholash, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish va ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi tajribalarni oʻrgandilar.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Toshkent shahridagi IT-park faoliyati bilan ham tanishdilar. Rektorlar bu yerda talaba-yoshlarni gʻoyalarini amalga oshirish uchun mavjud loyihalar va sharoitlar bilan qiziqdilar. Talabalar oʻrtasida dasturlash va zamonaviy IT mutaxassisliklarini targʻib qilish, ularga oʻz gʻoyalarini amalga oshirishda yordam berish yoʻlida OTMlar va IT-park hamkorligini oʻrnatish imkoniyatlari muhokama qilinidi.