Prezident farmonining 10-bandida Yer toifasidan qatʼi nazar barcha turdagi yer uchastkalari hamda bino-inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik holatlarini aniqlash, yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishiga va chegaralarini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish, yerdan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazorati Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilishi;
Yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va chora koʻrish uchun Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlari masʼul ekanligi belgilangan.
Kadastr agentligi tomonidan Farmonda belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlarini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha:
Agentlikning yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan xatlov ishlari natijasida respublika boʻyicha jami 12 422 ta holatda 2 178,2 gektar yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.
Jumladan,
▪️ 6 952 ta (617,5 gektar) holatda uy-joy qurish;
▪️ 3 259 ta (239,8 gektar) holatda noturar joy qurish;
▪️ 1 485 ta (571,9 gektar) holatda tomorqa sifatida foydalanish;
▪️ 55 ta (268,2 gektar) holatda baliq hovuzlarini qurish;
▪️ 111 ta (12,8 gektar) holatda tuproq karyer qilish hamda
▪️ 560 ta (468 gektar) holatda yerlar boshqa maqsadlarda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan.
Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar koʻrish maqsadida:
🔹10 767 ta yer qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga hamda 72 ta yerdan foydalanuvchi subyektlarga ogohlantirish xatlari yuborilib, 336,5 gektar yer maydonidagi qonun buzulishlar bartaraf etildi;
🔹yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklariga 7 710 ta (1 286 gektar) taqdimnomalar kiritildi;
🔹1 560 ta holatda sudlarga kiritilgan daʼvo arizalariga asosan 15,7 gektar yer maydonidagi holat boʻyicha sudning hal qiluv qarori qabul qilindi;
🔹894 ta (127,7 gektar) holat boʻyicha sud jarayoni davom etmoqda;
🔹huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora koʻrish uchun 4 483 ta (932 gektar) holat yuzasidan prokuratura organlariga maʼlumotlar taqdim etilib, hozirgi kunda bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23-iyul kunidagi “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari”ga bagʻishlangan video selektor yigʻilishida berilgan topshiriqlarga asosan Kadastr agentligi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni qayta koʻrib chiqish ishlari olib borilmoqda.
Unga koʻra:
Kadastr agentiligi tomonidan jami oʻrganilishi lozim boʻlgan murojaatlar soni 7 174 ta boʻlib, qayta oʻrganish natijalariga koʻra 23-avgustga qadar jami 6 921 ta (96 %) oʻrganildi, shundan 4 938 tasi (71%) ijobiy hal etildi.
Ijobiy hal boʻlgan murojaatlar hududlar kesimida qaraydigan boʻlsak, eng koʻp ijobiy hal etilgan masalalar:
▪️ Qashqadaryo viloyati - 774 ta
▪️ Fargʻona viloyati - 680 ta
▪️ Surxondaryo viloyati - 544 ta
▪️ Samarqand viloyati - 409 ta
▪️ Xorazm viloyati - 406 ta
▪️ Toshkent viloyati - 378 tani tashkil etadi.