Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabrgacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-,10- va 11-sinf oʻquvchilarining ishtiroki kutilmoqda.
Amaldagi tartib boʻyicha asosiy olimpiadaning III bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar:
- 1-oʻrin uchun BHMning 6 baravari;
- 2-oʻrin uchun BHMning 4 baravari;
- 3-oʻrin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Mazkur bosqichda 1-2-3-oʻrinni qoʻlga kiritgan 11-sinf oʻquvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf boʻyicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.