Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Viloyat bosqichi 17 ta fandan tashkil qilinib, 4-dekabrgacha davom etadi, bunda 33 ming nafarga yaqin 9-,10- va 11-sinf oʻquvchilarining ishtiroki kutilmoqda.

Amaldagi tartib boʻyicha asosiy olimpiadaning III bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar:

  • 1-oʻrin uchun BHMning 6 baravari;
  • 2-oʻrin uchun BHMning 4 baravari;
  • 3-oʻrin uchun BHMning 3 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mazkur bosqichda 1-2-3-oʻrinni qoʻlga kiritgan 11-sinf oʻquvchilari olimpiadaning Respublika bosqichida, shuningdek, 1-guruh fanlaridan har bir sinf boʻyicha eng yaxshi natija qayd etgan dastlabki 5 nafar ishtirokchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasiga saralashning 1-bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.