Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xususan, onalar va bolalar salomatligini ishonchli muhofaza qilish orqali milliy genofondni asrash va mustahkamlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etishga qo‘shgan munosib hissasi, yuksak bilim va professional mahoratga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:


    «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

    Nadirxanova Natalya Suratovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

    I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Lyubchich Adelina Semyonovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining faxriy shifokori

    II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

    Baltabayeva Zulfiya Sabirovna - Qo‘ng‘irot tumani tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limi mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

    Kim Yen-Din - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri

    II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

    Raxmanov Uzganbay Mansurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ginekologiya qabuli bo‘limi akusher-ginekologi

    Frenkel Rimma Arkadevna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining homiladorlar patologiyasi bo‘limi akusher-ginekologi

    Chernova Natalya Ivanovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ginekologiya bo‘limi hamshirasi

    «Sog‘lom turmush» medali bilan

    Adilova Gulnara Mirzayevna - Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi, Toshkent viloyati

    Neulibina Natalya Sergeyevna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining «Oila va nikoh» maslahatxonasi pediatri

    Salixodjayeva Gulnora Romanovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining patologoanatomiya bo‘limi mudiri

    Sidikova Larisa Dmitriyevna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining endovizual laparoskopik ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi

    Chalova Aysultan Djumaniyazovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tug‘uruq bo‘limi katta doyasi

    Shomirov Abduxamid Qo‘chqarovich - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ginekologiya bo‘limi akusher-ginekologi

    «Shuhrat» medali bilan

    Isamuxamedov Baxtiyar Karimberdiyevich - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining «Oila va nikoh» maslahatxonasi terapevti

    Nafikova Gulnora Arshadovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tug‘uruq bo‘limi doyasi

    Nurmatova Muxabbat Ilyasovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining akusherlik qabuli bo‘limi akusher-ginekologi

    Yusupbayev Rustem Bazarbayevich - Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining fetal tibbiyot bo‘limi mudiri

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev