Respublika “Kelajak markazi” hududiy markazlariga rahbarlar tayinlandi

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” hududiy markaz rahbarlari tayinlandi.

    Xususan:

    • Tashimov Ruslan Raxmanbergenovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi direktori lavozimida ishlagan);
    • Dadajanov Fayzulloh Sirajiddin oʻgʻli — Andijon viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Andijon shahar 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimida ishlagan);
    • Kamildjanov Muxammadjon Neʼmatdjonovich — Buxoro viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan);
    • Xolmurodova Gulrux Xolmamatovna — Qashqadaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shaxrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida ishlagan);
    • Saidov Bexzod Yuldashbayevich — Xorazm viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktoridi lavozimida ishlagan);
    • Mirzayev Eldor Tadjiqul oʻgʻli — Toshkent viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida ishlagan);
    • Ortiqov Shamsiddin Fahriddin oʻgʻli — Namangan viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Namangan shahar Davlatobod tumani 80-sonli maktab direktori lavozimida ishlagan);
    • Mamatov Avaz Muxitdinovich — Sirdaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Guliston Yoshlar texnoparki direktori lavozimida ishlagan);
    • Qodirov Firuzjon Usmonovich — Surxondaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Surxondaryo viloyati, Termiz tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan) etib tayinlandi.

    Tayinlovlar davom etadi.