Respublika komissiyasi a’zolari Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari bilan uchrashdi

    Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi boshlandi.

    Joriy yilning, 9-20 oktyabr kunlari Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Ayni paytda, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi raisi Qahramon Quranboyev boshchiligidagi komissiya aʼzolari Novosibirsk shahrida istiqomat qiladigan oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari uchun moʻljallangan yotoqxonalarda boʻlib u yerda oʻrganish ishlarini olib bordi.

    Oʻrganishlar jarayonida yotoqxonada istiqomat qiladigan 62 nafar hamyurtlarimiz bilan bilan ochiq muloqot tashkil etilib, masalalar shu yerning oʻzida hal etilib, qolganlari ishlab chiqiladigan yoʻl xaritaga qoʻshishga kelishib olindi.

    Maʼlum vaqt, atroflicha oʻrganishni taqozo etadigan murojaatlarni hal etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.