Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
D. Nishanov 1995-yili Toshkent pediatriya tibbiyot institutini, 2003-yili Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutining magistratura bosqichini patologik anatomiya yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.
Dastlabki mehnat faoliyatini Toshkent pediatriya tibbiyot institutida laborant sifatida boshlab, keyinchalik Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining patomorfologiya boʻlimi vrach-gistologi, boʻlim mudiri, boʻlim ilmiy rahbari kabi vazifalarda mehnat qilgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor D. Nishanov tayinlovga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.