Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 o'quv yilidan o'z faoliyatini boshlaydi

    Sport 7 Yanvar 2023 939

    Vazirlar Mahkamasinning “Qishki sport turlari bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qarori qabul qilindi.

    Qaror bilan qishki sport maktabining asosiy vazifalari belgilandi.

    Qishki sport turlari bo'yicha o'quv-mashq yig'inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari bo'yicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish shular jumlasidandir.

    Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 o'quv yilidan o'z faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-ta'lim muassasasi hisoblanadi.

    Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda qishki sport turlari (figurali uchish, kon`kida uchish, short-trek, hokkey) bilan o'quvchilarning doimiy mashg'ulot o'tkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega bo'lishi lozim.

    Ma'lumot uchun: Qishki sport turlari bo'yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi Prezidentning 2022 yil 1 iyuldagi qaroriga (https://lex.uz/docs/6091936) muvofiq tashkil etilgan.