Xarbin-2025: Dmitriy Chigirey hamda Yekaterina Geynish juftligi ilk oltin medalini qoʻlga kiritdi

    Sport 12 Fevral 2025 1159

    Terma jamoamiz aʼzolari Dmitriy Chigirey hamda Yekaterina Geynish juftligi 26-yillik tanaffusdan keyin qishki Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

    Oʻzbekiston delegatsiyasi 26-yillik tanaffusdan keyin qishki Osiyo oʻyinlarining oltin medaliga sazovor boʻldi.

    Figurali uchish boʻyicha terma jamoamiz aʼzolari Dmitriy Chigirey hamda Yekaterina Geynish juftligi 176.43 ball jamgʻarib, musobaqada eng yaxshi natijaga erishdilar va qishki Osiyo oʻyinlari chempioniga aylanishdi.