Ochilish marosimida Madaniyat vaziri oʻrinbosari B.Ahmedov, Davlat Filarmoniyasi direktori A.Tojiboyev, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi direktori S.Begmatov, xalq hofizi I.Vahobov kabi ustoz ijodkorlar ishtirok etishdi.
Taʼkidlash kerakki, Madaniyat vaziri oʻrinbosari B.Ahmedov tadbir davomidagi nutqida Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi direktori oʻrinbosari lavozimiga yaqinda tayinlangan K.Alimahsumov haqida yana bir bor alohida toʻxtaldi. Uning bobosi O.Alimahsumov ijodini qayta jonlantirayotgani, naqadar benazir kadr ekanligini taʼkidlab, unga mehnat faoliyatida yaxshi natijalarga erishishiga tilakdosh ekanini bildirdi. Shuningdek, B.Ahmedov oʻz nutqida tanish-bilishchilik jamiyatni tanazzulga olib boruvchi illat ekanligi haqida ham toʻxtalib oʻtdi.
Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblining haqiqiy fidoyilari shubhasiz davlat va jamoat tadbirlarida doimiy faol ishtirok etuvchi katta jamoa vakillaridir.
Tadbirda qurbonlik keltirilib, oʻtgan ustozlar ruhlariga duoi fotihalar oʻqildi. Kelajakda bu dargohdan koʻplab buyuk ijodkorlar yetishib chiqishiga umid qilamiz, deya oʻz xulosasini bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.