Seminarda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Otabek Xasanov ishtirok etib, “Hokim yordamchisig eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari (KPI) va kar`era modeli” mavzusida taqdimot qildi.
Shu o'rinda aytish joizki, Prezidentimizning Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi “Real Teks Tashkent” mas'uliyati cheklangan jamiyatida Toshkent shahri va tumanlar hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla raislari bilan uchrashuvda mahallalarda tuman hokimi yordamchisi hamda Toshkent shahar hokimining yordamchisi — yoshlar etakchisi lavozimlarini joriy etish masalasiga alohida e'tibor qaratdi.
Taqdimotda hokim yordamchilarining asosiy vazifalari va yo'nalishlari, ular faoliyatini eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari (KPI) asosida baholash mexanizmlari hamda lavozim egalarining kar`era modeli haqida batafsil ma'lumot berildi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati.