Shuningdek, 65,2 ming gektar maydonga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maydonlarga ekish uchun talab etiladigan 303 tonna urugʻliklarning 48 tonnasi hamda 47,8 ming gektar kartoshka ekiladigan maydonlarga talab etiladigan 144,7 ming tonna urugʻliklarning 23,4 ming tonnasi yetishmasligi aniqlandi.
Bundan tashqari, joriy yilda bogʻ-tok qator oralariga 54,1 ming gektar sabzavot ekinlari ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maydonlarga ekish uchun 5 ming 22 tonna urugʻlik talab etiladi. Bugungi kunda ushbu urugʻliklarning 5 ming 10 tonnasi mavjud boʻlib, qolgan 12 tonna urugʻliklar yetishmasligi maʼlum boʻldi.
Shuningdek, 6 ming gektar maydonga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maydonlarga ekish uchun talab etiladigan 31,1 tonna urugʻliklarning 22,4 tonnasi hamda 3,3 ming gektar kartoshka ekiladigan maydonlarga talab etiladigan 9,6 ming tonna urugʻliklarning 1,6 ming tonnasi yetishmasligi aniqlandi.
Oʻzagroinspeksiya tomonidan ushbu yetishmaydigan urugʻliklarni, ekish mavsumi boshlangunga qadar fermer xoʻjaliklariga yetkazib berish choralarini koʻrish yuzasidan mahalliy xokimliklarga tegishli tartibda ogohlantirishlar berildi.
“Oʻzagroinspeksiya” Axborot xizmati