Ayni paytda agroklaster dala maydonlarida paxta yigʻim-terim ishlari qizgʻin tus olgan boʻlib, bugun klaster tizimiga qarashli paxta qabul qilish va qayta ishlash korxonasida yigʻim-terim mavsumining ramziy boshlanishi hisoblangan “Hosil karvoni” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun: joriy yilda mazkur agroklaster tasarrufidagi ekin maydonlarining qariyb, 1 ming gektarida gʻoʻza parvarishlangan boʻlib, ayni damda plyonka ostida parvarishlangan paxta 90 foiz ochilganligi bois, shu maydonlarda paxta yigʻim-terim ishlari jadal olib borilyapti.
Ilhomjon Tojiboyev, “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi paxta toʻqimachilik klasteri matbuot xizmati xodimi.