Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
oʻtgan 10 oyda 4 ming 107 nafar yoshlarning ish bilan taʼminlanishida, 6 ming 685 nafariga ijaraga yer ajratilishida,
1 ming 995 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 5 ming 756 nafarini oʻzini oʻzi band qilishida koʻmaklashildi.
Qayd etilishicha, aholi bandligini taʼminlash borasidagi vazifalar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda olib borilmoqda. Xususan, 381 nafar ishchi — xizmatchilarning kechiktirilgan 2,6 mlrd soʻm ish haqlari undirib berilishi taʼminlangan. Prokurorlar tashabbusi bilan 683 marotaba oʻtkazilgan mehnat yarmarkalarida 9 ming 311 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan.
Shuningdek, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlar xususida ham axborot berildi.
Bosh prokuratura rasmiysining taʼkidlashicha, koʻrilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 3 ming 646 tasida yoki 38,5 foizida jinoyat qayd etilmagan. 4 ming 596 tasi yoki 48,6 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishilgan.