Hujjat bilan 2020-2022-yillarda respublika hududlarida koʻp qavatli turar-joylarning issiqlik himoyasini oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalar, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini joriy etish boʻyicha dasturi tasdiqlanmoqda.
Shuningdek, respublikadagi qozonxonalarda suv isitish uchun energiya samarador quyosh tizimlarini oʻrnatish boʻyicha dasturini maʼqullash ham koʻzda tutilgan.
Loyihada Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda:
- hududlarda koʻp qavatli turar-joylarning issiqlik himoyasini oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalar, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini joriy etish boʻyicha naʼmunaviy loyihalarni ishlab chiqilishini;
- 2021-2022-yillarda qozonxonalarda suv isitish uchun energiya samarador quyosh tizimlarini oʻrnatish boʻyicha loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqilishini;
- obyektlar boʻyicha naʼmunaviy loyihalar va loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlashi ham nazarda tutilgan.