Qaror bilan tsement importi tartibini soddalashtirish hamda ichki bozorni sifatli tsement bilan ta'minlash bo'yicha “Yo'l xaritasi” hamda tsement importini soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish va ichki bozorda uning sifatini nazorat qilish sxemasi tasdiqlandi.
Mazkur hujjatga ko'ra, endilikda, respublikaga olib kiriladigan tsementni erkin muomalaga chiqarishni soddalashtirilgan tartib asosida amalga oshirish amaliyoti qo'llaniladi. YA'ni:
- tsement respublika hududiga olib kirilguniga qadar import qiluvchi xo'jalik yurituvchi sub'ekt va jismoniy shaxs tomonidan ixtiyoriylik asosida uning namunalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash uchun sertifikatlashtirish organiga taqdim etiladi;
- mahsulotni erkin muomalaga chiqarish ("IM 40” rejimiga o'tkazish) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tegishli muvofiqlik sertifikati asosida amalga oshiriladi. Bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno.
- har bir bojxona yuk deklaratsiyasi bo'yicha ma'lumot sertifikatlashtirish organiga “YAgona darcha” bojxona axborot tizimi orqali yuboriladi va tsement erkin muomalaga chiqarilganda sertifikatlashtirish organi bilan import qiluvchi o'rtasida tuzilgan shartnoma doirasida tsementni xavf-xatarlarni tahlil qilish asosida davriy ravishda laboratoriya sinovlaridan o'tkaziladi.
SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi “O'zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta'minlash departamenti bilan birgalikda ichki bozordagi tsement mahsulotlari sifatini o'rganish maqsadida chakana savdo shaxobchalarida nazorat xaridlarini amalga oshiradi va mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini o'rganib boradi.