Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Klubga aʼzolik 4 bosqichda, ochiq tanlov orqali amalga oshiriladi.
20 yoshga kirgan va 35 yoshdan oshmagan davlat fuqarolik xizmatchilari, talabalar ushbu tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Hoziroq oʻzingiz istiqomat qilayotgan yoki tahsil olayotgan hududni tanlab, mobil telefoningizga QR kodni saqlab oling va roʻyxatdan oʻting.
Anketalar joriy yilning 15-iyul sanasiga qadar qabul qilinadi.
“Kelajak liderlari” — Oʻzbekistonda Yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirishning zamonaviy moduli