Respublikaning 6 viloyatida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilindi

    Shu yilning 17−22-dekabr kunlari Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.

    Bu haqda Oʻzgidromet maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari togʻli hududlarida qor koʻchish xavfini eʼlon qildi. Jumladan:

    • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
    • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
    • Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
    • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
    • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
    • Namangan viloyati: Pop tumani.
    «Togʻli xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz», — deyiladi xabarda.