Xususan, Andijon shahridagi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining rahbari oʻzganing ishonchiga kirib, unga 6 gektar maydonda 240 ta doʻkondan iborat boʻlgan savdo kompleksining qurilish ishlari oʻzi rahbarlik qilayotgan MCHJ tomonidan amalga oshirilayotganligini aytib, 10 ta savdo doʻkonini sotishini hamda mansabdor tanishlari orqali doʻkonlarning kadastr hujjatlarini va shahar hokimining tegishli qarorini chiqartirib berishini bildiradi.

U buning evaziga 117 ming AQSH dollari soʻrab, oldindan 60 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa Zomin tumanida yashovchi, 1987-y.t. fuqaro yer maydonlarini sotishga vakolati boʻlmasada, oʻzganing nomida boʻlgan fermer xoʻjaligining 50 gektar lalmi yer maydonini viloyat hokimligi va kadastr tizimidagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan 250 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.

 

Shuningdek, Samarqand viloyatida ham bu borada tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda Samarqand shahridagi advokatlik byurosi advokati oʻziga ijara huquqi asosida berilgan Jomboy tumanidagi 4 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga undan 23 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Xorazm viloyatida qayd etilgan holatda Hazorasp tumanida yashovchi 1959-y.t. fuqaro aldov yoʻli bilan oʻzganing ishonchiga kirib, aslida tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 6 sotix yerni goʻyoki oʻziniki ekanligini aytib, ushbu yer uchastkasini unga 10.500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.