Bugun Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi.

Havo harorat kunduzi 34-37 darajani, eng chekka janubda 40-41 darajani tashkil etadi.

1-5-iyul kunlari issiq asta-sekin kuchayadi.

Eng issiq kunlar respublika shimolida 2 va 3-iyulda, choʻl hududlarda 3 va 4-iyulda, respublikaning qolgan hududlarida 4-iyul va 5-iyul kunlari kuzatiladi. Shu kunlarda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-46 darajagacha koʻtariladi.

Oʻzbekiston boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 2-4-iyulda shimolda va choʻl hududlarda, 5-iyulda respublika boʻyicha ayrim joylarda baʼzida 20-25 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda: havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

30-iyun va 1-iyul kunlari harorat asosan 35-38 daraja, 2-3-iyulda 38-40 daraja, 4-5-iyulda 40-43 daraja boʻladi.