Respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

    2024-yil 23-29-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.

    Jumladan:

    Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

    Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

    Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabod, Samarqand, Urgut tumanlarida;

    Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

    Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);

    Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

    Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.