Bu haqda “Oʻzgidromet” maʼlum qildi.

Qor koʻchish xavfi eʼlon qilingan hududlar quyidagilar:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
  • Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.

Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.