Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.
Unga ko'ra, bunday qadam, respublika jamoasi fikricha, qurolli to'qnashuv xavfini kamaytirishi mumkin. Agentlik qayd etganidek, Tramp bu masala bo'yicha hali yakuniy qarorga kelgani yo'q.
Avvalroq Kim Chen In Pxenyandagi qurol-yarog' ko'rgazmasi ochilishida AQSh bilan turli darajadagi muzokaralar Vashingtonning KXDRga nisbatan dushmanlik siyosati o'zgarmaganini ko'rsatganini aytgan edi.
Donald Tramp birinchi prezidentligi davrida shimoliy koreyalik hamkasbi bilan bir necha bor uchrashuvlar o'tkazdi. Ularning 2019-yilda Xanoyda bo'lib o'tgan ikkinchi sammitida yarimorolni yadroviy qurolsizlantirish masalasi muhokama qilingan va bu natijasiz yakunlangan, deb xabar beradi report.az.